
Biz haqimizda
O’zbek Tashabbusi Guruhi – xolis niyatdagi yosh professionallar global tarmog’i bo’lib, asosiy maqsadi – o’zbek madaniyati va jamiyatini dunyoga targ’ib qilish, o’zbek jamoalari va xalqaro madaniy almashinuvni rivojlantirish.
Biz O’zbekistonda tug’ilib, voyaga yetgan, unga aloqador yoki o’zbek madaniyati va jamiyatiga qiziqqan yosh professional yoshlar tarmog’i.
Maqsadimiz
Bizning maqsadimiz – global yoshlar tarmog’ini tuzish va yosh o’zbek professionallarini jahon bo’ylab qo’llab-quvvatlash. Ushbu yoshlar tarmog’i O’zbekistonning boy madaniyati va jamiyatini targ’in qiladi hamda xalqaro madaniy almashinuvni rivojlantiradi.
Vazifamiz
Izoh:
Yosh professionallar deganda o’rta maktabning katta sinf o’quvchilaridan tortib yetishgan yosh pianistgacha, chet elga yaxshi niyat bilan o’qish uchun chiqqan yosh talabalardan yoshlarga o’z maslahatini ayamaydigan MBA va PhD talabalarigacha, yoshlarga oqishida yordam berayotgan psixologdan tunlari uxlamasdan yoshlarga yordamidan ruhlangan moliyachigacha – barchasini yosh professionallar deb bilamiz.
* Biz yoshi va moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar barcha bilan ishlashga tayyormiz. Eng muhimi – hayotda faol bo’lib, kichik jamoada katta o’zgarishlarni amalga oshirishga tayyor – xoh New Yorkda bo’lsin, xoh Parijda, xoh Sietleda bo’lsin, xoh Toshkentda, xoh Samarqandda bo’lsin, London, Buxoro, Tel-Aviv, Farg’ona yoki Moskvada bo’lgan barcha bilan ishlashga tayyormiz.
*O’zbekiston deganda Buyuk Ipak Yo’li markazida joylashgan, G’arbni Sharqqa bog’lovchi, 100 dan ortiq millat va elatlaru, barcha din vakillariga vatan bo’lgan diyorni tushunamiz.